Shri-Lanka poytaxti Kolomboda chiqindilarning ulkan uyumi aholi turar-joylariga qulashi oqibatida qurbonlar soni 27 kishiga yetdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Yana kamida 11 kishi jarohat oldi, 30 kishi bedarak yo‘qolgan hisoblanmoqda.
Oldinroq mazkur falokatda 11 kishi halok bo‘lgani bildirilgandi.
Mahalliy rasmiylarga ko‘ra, chiqindilar uyumi salkam 80 ta uyga qulagan, vayronalar ostida esa odamlar bo‘lishi mumkin. Qutqaruv guruhlari tirik qolganlarni qidirishni davom ettirmoqda.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)