O‘zbekistonda ichki ishlar organlari xodimlarining maxsus kiyim-boshi, atributikasi va farqlovchi belgilari qayta ko‘rib chiqiladi. Bu O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 10-aprelda imzolangan ichki ishlar organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish to‘g‘risidagi Farmonida ko‘zda tutilgan, deya xabar beradi “Gazeta.uz”.
Maxsus kiyim-bosh va atributikani qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi Prezident qarori loyihasi 2018-yil iyuliga qadar ishlab chiqilishi rejalashtirilgan.
Mazkur qaror ularning xalqaro standartlarni hisobga olgan holda yangilash va unifikatsiyalash, shuningdek, fuqarolar ongida ichki ishlar organlari to‘g‘risida ijobiy tasavvurlarni shakllantirish maqsadlariga yo‘naltirilgan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)