O‘zbekiston hukumati yuridik va jismoniy shaxslarni yalang‘och qizilmiya eksporti uchun to‘lovlardan ozod qildi, deya xabar bermoqda UzDaily Vazirlar Mahkamasining “Yalang‘och qizilmiyani eksport qilishni yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori (pdf)ga tayanib.
Hujjatga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari yalang‘och qizilmiyani xomashyo sifatida O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqqanliklari uchun to‘lovlardan (1 tonnasi uchun 225 AQSh dollari) 2018-yil 31-dekabrgacha ozod qilindi.
Izoh (0)