Shri-Lanka poytaxti Kolomboda chiqindilarning ulkan uyumi aholi turar-joylariga qulashi qurbonlari soni 11 kishiga yetdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Oldinroq mazkur falokatda 6 kishi halok bo‘lgani bildirilgan edi.
Poytaxt kasalxonasi vakili Pushpa Soysaga ko‘ra, halok bo‘lganlar orasida 11 dan 15 yoshgacha bo‘lgan 4 nafar bola bor. Kasalxonaga esa turli jarohatlar bilan 21 kishi olib kelingan.
Hozirda yuzlab harbiy omon qolganlarni qidirish bilan shug‘ullanmoqda. Politsiya hodisa oqibatida 145 uy vayron bo‘lganini bildirdi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)