Afg‘oniston janubidagi Helmand viloyatida furgon minaga tushib, portladi. “Kommersant” xabariga ko‘ra, portlash oqibatida kamida 11 kishi halok bo‘lgan.
AFP axborotiga ko‘ra, portlash yo‘lovchilar chekka Nava tumanidan viloyat markazi — Lashkargohga ketayotgan vaqtda yuz bergan.
“Furgon bortida bo‘lganlarning bari halok bo‘lgan”, — deydi hukumat vakili Umar Jvak. Qurbonlar orasida ayollar va bolalar bo‘lgan-bo‘lmagani hozircha noma’lum.
Helmand politsiyasi rahbari yuz bergan hodisada “Tolibon” harakati vakillarini aybladi. Uning fikricha, yo‘l undan tez-tez foydalanib turadigan Afg‘oniston xavfsizlik kuchlariga zarar yetkazish maqsadida minalashtirilgan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)