Shvetsiya politsiyasi Stokgolm markazidagi teraktga aloqadorlikda gumon qilib Xyulstda yana bir shaxsni hibsga oldi. Bu haqda, Reuters agentligiga asoslanib, “Kommersant” xabar bermoqda.
Stokgolmda avvalroq qo‘lga olingan shaxs terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgani haqida xabar berilgan edi. Politsiyachilarning ma’lum qilishicha, ular huquqbuzarning shaxsini aniqlagan, biroq hozircha uning ismini e’lon qilmayapti.
7 aprel kuni Stokgolm markazidagi piyodalarning asosiy ko‘chasida yuk mashinasi odamlarning ustiga bosib borib, oxiri univermag oynasiga borib urilgan. Hodisa oqibatida 4 kishi halok bo‘lgani va 15 kishi jarohat olgani aytilmoqda.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)