Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on AQSh qurolli kuchlarining Suriya aviabazalariga hujumini ma’qulladi, biroq bu “Suriya xalqi himoyasi” uchun yetarli emasligini ta’kidladi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
“Biz prezident Bashar Asad tuzumi harbiy jinoyatlariga qarshi yo‘naltirilgan Pentagonning Xoms viloyatiga bergan zarbasini ijobiy qadam deb hisoblaymiz. Shuning o‘zi yetarlimi? Biz bunday o‘ylamaymiz. Suriyaning begunoh xalqi himoyasi uchun jiddiy choralar ko‘rish vaqti keldi”, — dedi Turkiya prezidenti.
Eslatib o‘tamiz, 7-aprelga o‘tar kechasi AQSh harbiy-dengiz kuchlarining O‘rtayer dengizidagi ikki kemasi — USS Porter va USS Ross esminetslaridan Suriyaning Xoms viloyatidagi aerodrom tomon 59 ta “Tomagavk” qanotli raketalarini uchirgan edi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)