Suriya harbiylari AQSh Xomsdagi Shayrat aviabazasiga zarba berishidan oldin samolyotlarning aksariyat qismini evakuatsiya qilishga muvaffaq bo‘lgan. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, samolyotlar boshqa aerodromga ko‘chirilgan. Bazada qolgan bir nechta harbiy mashinalar zararlangan.
AQSh qurolli kuchlari jumaga o‘tar kechasi Donald Trampning buyrug‘i bilan Suriyaning Xoms provinsiyasida joylashgan aerodromga raketa zarbalari bergan. Aviazarba 4-aprelda Suriyaning Idlib provinsiyasida qo‘llanilgan kimyoviy qurolga javob bo‘lgan. AQSh rahbariyati taxmin qilinayotgan kimyoviy hujum aynan shu aerodromdan boshlangan deb hisoblamoqda.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)