O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Aleksandr Vuchichni Serbiya Respublikasi Prezidenti etib saylanganligi munosabati bilan tabrikladi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
Davlat rahbari o‘z maktubida Aleksandr Vuchichni “yuqori va mas’uliyatli lavozimdagi faoliyati o‘zaro hurmat va manfaatlarni inobatga olishga asoslangan O‘zbekiston-Serbiya munosabatlarining yanada mustahkamlanishi hamda mamlakatlarimiz va xalqlarimiz farovonligiga xizmat qilishi”ga ishonch bildirdi.
O‘zbekiston Prezidenti Serbiyaning saylangan Prezidentiga mustahkam sihat-salomatlik, davlat rahbari sifatidagi faoliyatiga ulkan muvaffaqiyatlar, Serbiya xalqiga tinchlik, xotirjamlik va farovonlik tiladi.
Izoh (0)