Bugun, 5-aprel kuni O‘zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda Harakatning Vasiylik Kengashi hamda Markaziy Kengashi a’zolari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining navbatdagi Qurultoyini tashkil etish va o‘tkazish, shuningdek, Harakat faoliyatiga doir ishlar muhokama etilib, tashkiliy masala ko‘rildi.
Majlisda O‘zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi raisi etib Tadjiyev Odiljon Patixdjanovich saylandi.
Ma’lumot uchun, Odiljon Tadjiyev 1984-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2006-yil Toshkent islom universitetini tamomlagan. 2015-yil O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputati etib saylangan.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi R.Komilov ishtirok etdi hamda nutq so‘zladi.
Izoh (0)