“O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasining ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish bo‘yicha investitsiyaviy loyihani amalga oshirishni rejalashtirmoqda, deb yozadi UzDaily.
Loyiha zavod quvvatini 4 marta oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ko‘zda tutadi. Loyihaning amalga oshirilishi polimerlar ishlab chiqarishni hozirgi 125 ming tonnadan 500 ming tonnagacha ko‘paytirish imkonini beradi.
Natijada neft-kimyo tarmog‘ini yanada rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yuzaga keladi. Loyiha qimmatbaho sintetik nafta xomashyosini qayta ishlash hamda polietilen va polipropilenning yangi turlarini o‘zlashtirishni nazarda tutadi.
Izoh (0)