Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida yashovchi fuqaro Q.Rajabovning uyida elektr simlarning qisqa tutashuvi natijasida yong‘in sodir bo‘ldi.
O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, yong‘in oqibatida uyning 100 kvadrat metr maydonda tomi, shift qismi va uy jihozlari yonib zararlangan.
“Yong‘inni o‘chirish vaqtida uy egasinining turmush o‘rtog‘i hamda farzandlari — 2009-yilda va 2013-yilda tug‘ilgan o‘g‘illarining kuygan holdagi jasadlari topilgan”, — deyiladi vazirlik axborotida.
Yong‘in aynan qachon sodir bo‘lganiga aniqlik kiritilmagan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)