Tashqi ishlar vazirligida O‘zbekistondagi missiyasini yakunlayotgan BMTning ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (YuNESKO) vakolatxonasi rahbari Krista Pikkat bilan 31-mart kuni uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Suhbat davomida O‘zbekiston va YuNESKO o‘rtasidagi munosabatlar holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
“YuNESKO vakolatxonasi rahbariga samarali faoliyati hamda O‘zbekiston va YuNESKO o‘rtasidagi hamkorlikning yanada rivojlanishiga qo‘shgan salmoqli hissasi, ta’lim, ilm-fan va madaniyat sohalaridagi o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashga oid amaliy masalalar yechimiga qaratilgan qo‘shma loyihalar va dasturlarni amalga oshirishdagi ishtiroki uchun minnatdorchilik izhor etildi”, — deyiladi TIV axborotida.
O‘z navbatida, Krista Pikkat O‘zbekistondagi YuNESKO vakolatxonasi rahbari sifatidagi faoliyati davomida ko‘rsatilgan har tomonlama ko‘mak uchun tashakkur bildirgan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)