Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida yashovchi fuqaro O‘.Mahkamovning uyida isitish pechidan foydalanilib, nazoratsiz qoldirilishi oqibatida yong‘in sodir bo‘lgan.
O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, yong‘in oqibatida uyning 80 kvadrat metr maydonda tomi, shift qismi va uy jihozlari yonib zararlangan.
Yong‘in aynan qachon sodir bo‘lgani va uning oqibatida jabrlanganlar haqida axborot berilmagan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)