Mercedes-Benz kompaniyasi eng yaxshi beshta konsept-karlarini saraladi. Eng yaxshi konseptlar aks etgan rolik ishlab chiqaruvchining YouTube’dagi kanaliga joylandi. Bu haqda “Motor” ma’lum qildi.
Beshinchi o‘rinni 2013-yilda yaratilgan AMG Vision Gran Turismo egalladi. Reytingning to‘rtinchi qatoridan besh yil avval Los-Anjeles motorshousi doirasidagi dizayn konkursida namoyish etilgan Ener-G-Force joy oldi.
Yetakchilar uchligiga olti metrli 750 ot kuchiga ega Vision Mercedes-Maybach 6, EQ krossoveri va Porsche Panamera’ga raqobatchi bo‘ladigan Mercedes-AMG GT Concept kirdi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)