Yunusobod tumanining Hasanboy dahasida “Gazel” mikroavtobusi va Lacetti avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi, deya xabar bermoqda “Novosti Uzbekistana”.
Xabar berishlaricha, hodisa oqibatida olti kishi jabrlangan, ularning bari shahar 7-kasalxonasiga yetkazilgan.
“Novosti Uzbekistana”ning kasalxona qabulxonasi mudiriga asoslanib ma’lum qilishicha, jabrlanuvchilarning hayoti xavf ostida emas.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)