Slovakiyaning Bozena Security Systems kompaniyasi mutaxassislari ko‘cha tartibsizliklarini bostirish uchun mo‘ljallangan Bozena Riot mashinasini ishlab chiqdi, deb yozadi Gizmodo.
Transport vositasi uch qismdan iborat — transportyor, uch tonnali qalqon va suvli pritsep. Haydovchining ko‘rish sohasini to‘sib turadigan qalqon tepaga ko‘tarilib, politsiyachilarni oldinga o‘tkazishi va kengayib, ko‘chani to‘liq to‘sib qo‘yishi mumkin. Unda, shuningdek, shikastlovchi quroldan o‘q otish uchun tuynuklar bor.
Mashina bir nechta kuzatub kameralari bilan jiholangan, ular haydovchining oldinda bo‘layotgan voqealarni ko‘rishini ta’minlaydi. Bundan tashqari, unda ikkita suvotar qurol (vodomyot) ham bor.
Izoh (0)