Rejissor Otabek Mirzaxolovning “Jonim yig‘loqi” filmi mart oyining to‘rtinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi. Bu haqda, Alisher Navoiy nomidagi kinosaroy tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga asoslanib, jurnalist Feruz Muhammad ma’lum qildi.
Mart oyining to‘rtinchi haftasi kinoreytingida “Jonim yig‘loqi” dan keyingi o‘rinlarni Rustam Sa’diyevning “Er bermoq, jon bermoq 2”, Iqbol Meliqo‘ziyevning “Ketaman dedimmi, ketaman”, Ulug‘bek Yunusovning “Ayg‘oqchi kampir 007”, Rixsivoy Muhammadjonovning “Isnod” filmlari band etgan.Ma’lumot uchun, hozirda Alisher Navoiy nomli kinosaroyda “Oh, Salima, Salima”, “Kokteyl”, “Qitmir kampir”, “Bebahoginam”, “Yettinchi qavat”, “Voy dod 2” kabi filmlar namoyishi davom etmoqda.
Filmlar namoyishlari jadvali bilan “Daryo.Afisha”da tanishish mumkin.
20-mart — 26-mart oralig‘ida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmlari
1-o‘rin. “Jonim yig‘loqi” (komediya)Rejissor – Otabek Mirzaxolov2-o‘rin. “Er bermoq, jon bermoq 2” (komediyali melodrama)Rejissor — Rustam Sa’diyev
3-o‘rin. “Ketaman dedimmi, ketaman” (komediya)Rejissor — Iqbol Meliqo‘ziyev
4-o‘rin. “Ayg‘oqchi kampir 007” (komediya)Rejissor — Ulug‘bek Yunusov
5-o‘rin. “Isnod” (drama)Rejissor — Rixsivoy Muhammadjonov
Izoh (0)