Suriya armiyasi askarlari ittifoqchi ko‘ngillilar ko‘magida Hama viloyatining Kaukab shaharchasidan “Jabhat an-Nusra” terrorchilik guruhi qoldiqlarini quvib chiqardi, deya xabar qiladi “RIA Novosti”.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, hukumat qo‘shinlari “Hama shahridan shimolida bir nechta front bo‘ylab jangovor harakatlarni davom ettirmoqda”. “Hozir u yerda ‘Jabhat an-Nusra’ guruhi va uning ittifoqchilari jangarilariga qarshi jadal janglar ketmoqda”, — deya ta’kidladi agentlik suhbatdoshi.
Ayni vaqtda ko‘plab terrorchilar va ularning boshqaruv punktlari, qurol-aslaha ombori, shuningdek, to‘rtta tank, oltita zirhli transportyor va to‘qqizta pulemyot o‘rnatilgan avtomobil yo‘q qilingan. Suriya qo‘shinlari safidagi yo‘qotishlar haqida axborot berilmagan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)