Xitoyning Guansi-Chjuan muxtor viloyatidagi boshlang‘ich maktab o‘quvchilarni yuk mashinasi urib yubordi. Hodisa oqibatida uch bola halok bo‘lgan, yana ikki nafari jarohat olgan. Bu haqida, Xitoy Markaziy televideniyasi (CCTV)ga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.
Noxush hodisa 24-mart, juma kuni kunning ikkinchi yarmida Guypin ma’muriy hududida sodir bo‘lgan. Maktab o‘quvchilaridan biri voqea joyidayoq halok bo‘lgan, ikki nafari esa keyinroq, olingan jarohatlar natijasida shifoxonada jon taslim qilgan.
Hozirda boshqa jarohatlangan bolalarning hayoti xavf ostida emas. Yuk mashina haydovchisi qo‘lga olingan, tergov ishlari ketmoqda.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)