AQShning Missuri shtati, Sent-Luis shahrida sodir etilgan otishma oqibatida bir o‘spirin halok bo‘ldi va olti kishi yaralandi. Bu haqda, mahalliy KMOV telekanaliga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.
Huquq-tartibot idoralarining axborotiga ko‘ra, 24-mart, juma kuni tunda noma’lum kimsalar ko‘chada yig‘ilib turgan odamlar guruhiga yaqinlashib, o‘t ochgan.
Oqibatda, 15 yoshli o‘spirin halok bo‘lgan. Yana olti kishi, jumladan 8 yoshli bolakay yaralangan — uning ahvoli og‘ir ekani aytilmoqda.
Tergovchilar otishmani uch kishi uyushtirgan, degan taxminda. Gumonlanuvchilar voqea joyidan yashirinishga muvaffaq bo‘lgan, otishma sababi noma’lum.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)