Toshkentning Yunusobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlarini yangi yo‘lda, Bo‘zsuv kanali ustidan o‘tkazib qurilgan yangi ko‘prik bo‘ylab avtomobillar harakatlana boshladi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda fotoxabarlar qoldirilgan.
1,1 kilometrlik yangi yo‘l Yangishahar ko‘chasini Bog‘ishamol ko‘chasi bilan tutashtiradi. Yo‘lda qurilgan ko‘prikning uzunligi 510 metrni tashkil etadi.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mazkur yo‘lni qurish haqida 2016-yil sentabrida ko‘rsatma bergan edi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)