O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25-mart, shanba kuni Toshkentning kichik xalqa yo‘li va Farg‘ona yo‘li ko‘chasi tutashgan joydagi yo‘l o‘tkazgichni qurish hamda rekonstruksiya qilish loyihasi bilan tanishdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Mirobod tumanidagi bu ko‘prikning eni 30, uzunligi 346 metr bo‘lgan qismi rekonstruksiya qilinadi, eni 22, uzunligi 281 metr bo‘lgan qismi esa yangidan quriladi.
Mavzuga doir: Toshkentda Nukus ko‘chasini Farg‘ona yo‘li bilan bog‘lovchi ko‘prik qayta tiklanishi mumkin
“Prezidentimiz zamonaviy ko‘priklar qurish, yo‘llarni zamon talablariga moslashtirish aholiga qulaylik yaratish, xalqimiz farovonligini yuksaltirishga xizmat qilishini ta’kidladi. Ko‘prik ostidan o‘tuvchi temir yo‘l atrofini obodonlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi”, — deb yozadi O‘zA.
Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev “Bunyodkor” stadioni oldida quriladigan ko‘prik loyihasi bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi
Izoh (0)