Jizzax viloyati o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi boshqarmasi Barcode Technology MChJ bilan hamkorlikda viloyat hududida joylashgan barcha kollejlarga EDK-1 infraqizil aniqlagichli turniketlar o‘rnatmoqda. Bu haqda “Daryo”ga boshqarma mutasaddilari ma’lum qildi.
Mazkur qurilma kollej o‘quvchilarini nazorat qilish, ota-onalarda farzandlarining darsga qatnashishi hamda o‘quv ko‘rsatkichlari haqida ma’lumot bo‘lishini ta’minlashga xizmat qiladi.
Ushbu turniketlar 1 daqiqada 100-120 nafargacha o‘quvchini ro‘yxatga olib, ta’lim muassasalariga muntazam kelmayotgan o‘quvchilarning ro‘yxatini shakllantiradi.
Shuningdek, bunday turniketlar orqali begona shaxslar o‘tganda signalizatsiya ishlab, uni suratga oladi va kompyuter xotirasiga saqlaydi.
Izoh (0)