Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayevning qizi Aliya Shagiyeva 20-mart kuni o‘g‘il tug‘di. Bu haqda Tengrinews xabar bermoqda.
Tug‘uruq jarayoni Bishkekdagi davlat klinikalaridan birida bo‘lib o‘tgan. Xabar berishlaricha, ona va bola o‘zini yaxshi his qilmoqda.
20 yoshli Aliya Shagiyeva o‘tgan yil sentabrida Facebook’dagi sahifasi orqali oila qurganini ma’lum qilgan edi. U Konstantin Ryazanovga turmushga chiqqan.
Xabar berishlaricha, Atambayevning kenja qizining to‘yi 2016-yil 27-avgust kuni Bishkekdagi Skyhall restorani tomida bo‘lib o‘tgan. To‘y marosimida 30 ga yaqin mehmon qatnashgan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)