AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya bilan aloqasi haqida tarqalgan xabarlar yolg‘on ekanligini yana bir bor ta’kidladi. Tramp Twitter’dagi yozuvini AQSh Milliy razvedkasi sobiq direktori Jeyms Klepperning bayonotiga asoslangan holda qoldirdi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.
“Jeyms Klepper va boshqalar meni Rossiya bilan maxfiy kelishuvim borasida birorta isbot yo‘qligini ma’lum qildi. Buning barchasi uydirma ekanligini hamma biladi! Reallik shundan iboratki, kongress, FQB buni maxfiy ma’lumotni chiqib ketishi sifatida ko‘rib chiqishi kerak. Manbani topish shart!”, — deb yozdi Tramp.
Trampning fikricha, demokratlar saylovoldi kampaniyasidagi omadsizligini oqlash maqsadida “Rossiya mavzusi”ni o‘ylab topgan.
Avvalroq, Tramp Fox News telekanali boshlovchisining iltimosiga ko‘ra, Rossiya prezidenti Vladimir Putinni “qattiq yong‘oq” deya atagan edi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)