O‘rtayer dengizida, Italiya qirg‘oqlarida 3 mingga yaqin muhojir qutqarib qolindi. Bu haqda “Yevropeyskaya pravda” xabar bermoqda.
18-mart, shanba kuni kechki paytdan 19-mart, yakshanba kuni tonggacha “Chegara bilmas shifokorlar” tashkiloti kemalarida O‘rtayer dengizida 7 ta sol va ikki qayiqda bo‘lgan 946 kishi qutqarildi.
Sutka mobaynida Sitsiliya kanali hududida o‘tkazilgan 22 qutqaruv operatsiyasi davomida 3 mingga yaqin muhojirning joniga oro kirildi.
Ular asosan Bangladesh, shuningdek, Nigeriya, Kot-d’Ivuar va Afrikaning boshqa davlatlaridan ekanligi bildirilmoqda. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)