Suriya muxolifatining muzokaralar bo‘yicha oliy qo‘mitasi o‘z delegatsiyasi Jenevadagi muzokaralarning navbatdagi raundida ishtirok etishini tasdiqladi. Bu haqda delegatsiya a’zosi Yahyo al-Aridiy ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.
“Taklifnomalar jo‘natilgan. Delegatsiya Jenevaga 22-mart kuni yetib boradi va ertasidan muzokaralarga kirishadi”, — deya ta’kidladi Yahyo al-Aridiy.
Muxolifat vakiliga ko‘ra, qo‘mita bo‘lajak muzokaralarda ishtirok etishga jiddiy qaramoqda. Delegatsiya tarkibiga qurolli guruhlar vakillari ham kiritilgan.
Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston poytaxti Ostonada o‘tgan Suriya bo‘yicha oxirgi muzokaralarda muxolifat ishtirok etmagandi.
Izoh (0)