Isroil harbiy-havo kuchlarining Suriya bo‘ylab aviazarba berishidan “Hizbulloh” shia guruhining qurol yetkazib berishini to‘xtatish maqsadi ko‘zlangan. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Binyamin Netanyaxu ma’lum qildi, deb yozadi “RBK”.
U Isroil harbiy-havo kuchlari oldiga Suriyadan zamonaviy qurol-aslahalar kontrabandasiga chek qo‘yish vazifasi qo‘yilganligini ma’lum qildi.
“‘Hizbulloh’ zamonaviy qurollarini o‘tkazishga urinishini ko‘rib tursak va tegishli razvedka hamda tezkor manbalarga ega bo‘lsak, ularni to‘xtatib qolamiz”, — deya ta’kidladi mamlakat bosh vaziri.
U Isroil yuqoridagi kabi vaziyatlarning har birida shunday choralar ko‘rilishini ta’kidlab o‘tdi.
Isroil aviatsiyasi 17-mart kuni Suriya hududiga zarba berdi. Suriya harbiylari mamlakat havo hududiga kirgan samolyotlarni zenit raketalaridan o‘qqa tutdi. Damashq hodisa oqibatida Isroil harbiy-havo kuchlari samolyotlaridan biri urib tushirilganligini ma’lum qildi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)