Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanidagi “Jayron” ekomarkazida ekologik turizmni rivojlantirish maqsadida rekonstruksiya o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda, deya xabar beradi “Nuz.uz” sayti.
Qo‘riqxona ma’muriyatining xabariga ko‘ra, turistlarning ekomarkaz hududini kuzatishi va suratga olishiga qulaylik tug‘dirish maqsadida maxsus kuzatuv maydonchalari ochiladi. Bundan qo‘riqxonaga tashrif buyuruvchilarning ortishi bilan birga shu yerdagi hayvonlarning yashash tarziga xalaqit bermaslik maqsad qilingan.
Qo‘riqxona yaqin kunlarda o‘zining 40 yillik yubileyini nishonlaydi. Yubiley munosabati bilan rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda. Hozirda ekomarkaz hududida 750 jayron, 119 qulun, 24 Prjevalskiy oti, Buxoro bug‘usi (xongul), buramashoxli tog‘ echkisi (morxur), Buxoro qo‘yi va boshqa ko‘plab noyob hayvonlar yashamoqda.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)