AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Xeyli NBC News telekanaliga bergan intervyusida Rossiya fuqarolari, shu jumladan, Federal xavfsizlik xizmati ikki xodimining Yahoo!! akkauntlariga xakerlik hujumiga aloqadorligi haqidagi xabarlardan keyin, Rossiyaga ishonch qolmaganini aytdi, deb yozadi “RBK”.
“Buni jiddiy qabul qiling. Biz Rossiyaga ishona olmaymiz. Biz hech qachon Rossiyaga ishonmasligimiz kerak”, — dedi u telekanal efirida.
Avvalroq Shimoliy Karolina sudi FXX xodimlari Dmitriy Dokuchayev va Igor Sushinga, shuningdek, xakerlar Aleksey Belan va Karim Baratovga Yahoo!!’ga buzib kirib, 500 millionta akkaunt ma’lumotlarini noqonuniy qo‘lga kiritganlik bo‘yicha rasman ayblovlar e’lon qilgan edi.
Izoh (0)