Italiyaning Florensiya shahri meri Dario Nardella mahalliy musulmonlarga ulkan masjid qurib berishni va’da qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Uning so‘zlariga ko‘ra, u Florensiyadagi musulmonlardan “zo‘ravonlik va terrorchilikning barcha shakllarini rad etish” va masjidlarda italyan tilida ibodat qilish va’dasini olgan.
Masjid uchun munosib joy hozircha topilgani yo‘q. Shu tufayli Ramazon oyini o‘tkazish uchun vaqtinchalik imorat quriladi.
Nardella ta’kidlashicha, masjidlar yo‘qligi tufayli, Florensiya musulmonlari ko‘pincha ko‘chalarda namoz o‘qishga majbur bo‘lib qoladi.
Izoh (0)