Suriya poytaxti Damashq shahrida joylashgan Adliya saroyida 15-mart kuni sodir bo‘lgan terakt oqibatida halok bo‘lganlar soni 35 nafarga yetdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Terrorchi-xudkush Damashqning qadimiy qal’asida joylashgan Hamidiya bozori yaqinidagi Adliya saroyida portlash uyushtirgan.
Xabarga ko‘ra, terrorchi xarbiy kiyimda bo‘lganligi uchun birinchi xavfsizlik kordonidan o‘tishga muvaffaq bo‘lgan.
Ammo u ichkariga kirishga harakat qilganida, xavfsizlik xizmati xodimlari uni tekshirish maqsadida to‘xtatishgan.
Shunda xudkush o‘zini oldinga — odamlar orasiga tashlab, portlovchi qurilmani harakatga keltirib yuborgan.
Ma’lumot uchun, 15-mart kuni Damashqda ketma-ket portlashlar yuz berdi. Adliya saroyidagi teraktdan tashqari, shaharning yana uchta nuqtasida xudkushlar o‘zini portlatgan.
Qolgan portlashlar bo‘yicha jabrlanuvchilar va qurbonlar haqida hozircha rasmiy ma’lumotlar yo‘q.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)