Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Dunyodagi eng og‘ir ayol Imon Ahmad Abdulati oshqozonni kichraytirish operatsiyasidan so‘ng bir necha raqs harakatini amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Kadr: YouTube

Kadr: YouTube

Mumbay kasalxonasida olingan videolavhada 36 yoshli misrlik ayol arabcha musiqaga mos bir necha raqs harakatini amalga oshirganini ko‘rish mumkin. Operatsiyaga qadar u hatto qo‘lini ham ko‘tara olmagan.

Tibbiy muassasa xodimlarining qayd etishicha, ayolning vazni sekin-sekin kamaymoqda va hozirda 400 kilogrammdan kamroqqa teng. Imon ilk bor kasalxonaga keltirilganida qariyb yarim tonna vaznga ega bo‘lgan.

Hozircha misrlik ayol suyuq taom iste’mol qilib, operatsiyadan so‘ng zarur bo‘lgan barcha muolajalardan o‘tmoqda.

Holati yaxshilangach, Imon Iskandariyadagi uyiga qaytib, shifokorlar ko‘rigida ozishni davom ettiradi.

Imon Ahmad Abdulati yiriklashuv kasalligi hamda temir yetishmovchiligi bilan og‘rigan. Bundan tashqari, u bosh miyaga qon quyilishi (insult)ga uchrab, 25 yoshida yotoqqa mixlanib qolgan.

Imonga mumbaylik shifokor Muffazal Lakvadala yordam berishga tayyorligini ma’lum qilgach, fevral oyida misrlik ayol samolyotda Mumbayga keltirildi. 7-mart kuni oshqozonni avvalgi hajmiga nisbatan 15 foizga qisqartirish bo‘yicha operatsiya o‘tkazilib, yog‘ning ma’lum qismi olib tashlandi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ukraina elchisi Kaxovka GESning vayron bo‘lishi oqibatida yetkazilgan zararni 14 milliard dollarga baholadi
Dunyo
Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo kutilmagan tashrif bilan Kiyevga keldi (foto)
Mahalliy
Toshkentda IIB binosining 4-qavatidan sakrab vafot etgan 21 yoshli yigitning o‘limi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi