Suriya harbiylari mamlakatning Xama viloyatida IShID va “Jibhat an-Nusra” terrorchilik tashkilotlarinig 40 dan ortiq jangarilarini yo‘q qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Suriyaning SANA agentligi axborotiga ko‘ra, mamlakat harbiy aviatsiyasi Al-Bueyda, Kleyb as-Suar va Al-Lueybda tumanlaridagi jangarilarni yo‘q qilgan.
Bundan tashqari, Dar’a shahrining Dar’a al-Balyad dahasida hukumat qo‘shinlari bir qator binolarni egallagani aytilmoqda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)