Janubiy Koreya Konstitutsiyaviy sudi mamlakat prezidenti Pak Kin Xening impichmenti bo‘yicha yakuniy qarorni 10-mart, juma kuni e’lon qiladi. Bu haqda Associated Press agentligi xabar bermoqda.
Agar sud prezidentga nisbatan impichment qo‘llash tashabbusini rad etsa, Pak Kin Xe yana davlat rahbari lavozimini egallashi mumkin bo‘ladi.
Agar sud impichmentni tasdiqlasa, Janubiy Koreyada keyingi 60 kun ichida prezident saylovi o‘tkazilishi lozim bo‘ladi.
Janubiy Koreya parlamenti 2016-yilning dekabrida prezident Pak Kin Xega nisbatan impichment qo‘llash uchun ovoz bergan edi.
Prezident korrupsiya ishiga aloqador deb gumon qilinmoqda, shu sababli ham u impichmentga uchradi. Pak Kin Xening o‘zi mazkur ayblovlarni “katta yolg‘on” deb atamoqda.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)