Jeneva avtosaloni ochilishi arafasida Yevropaning Car of the Year 2017 tanlovi g‘oliblari va finalchilari e’lon qilindi, deb yozadi “Vedomosti”.
Peugeot 3008 hakamlardan 319 ballni qo‘lga kiritib, Yevropada 2017-yilning eng yaxshi avtomobiliga aylandi.
Alfa Romeo Giulia ixcham sedani ikkinchi o‘rinni egalladi (296 ball).
Mercedes E-Class yetakchi uchlikni yakunladi (197 ball).
Volvo S90/V90 sedani va universali — to‘rtinchi o‘rinda (172 ball).
Citroen xetchbekining uchinchi avlodi beshinchi o‘rinda joylashdi (166 ball).
Toyota C-HR hakamlardan 165 ball qo‘lga kiritdi — oltinchi o‘rin.
Nissan Micra — yettinchi o‘rin (135 ball).
Izoh (0)