AQShning Okeanlar va atmosferani tadqiq qiluvchi milliy boshqarmasi dengiz biologlari chuqur suvlarda yashaydigan rhopalonematid trachymedusa oilasiga mansub meduzani tasvirga oldi. U xuddi noma’lum uchar jismga o‘xshaydi.
Olimlar g‘aroyib meduzani Samoa oroli yaqinidagi suv qo‘riqxonasida uchratdi. Uning ikki qator paypaslagichlari bor: birinchi qator tepaga, ikkinchisi esa pastga yo‘nalgan.
Olimlarning ta’kidlashicha, rhopalonematid trachymedusa oilasi kam o‘rganilgan, shuning uchun meduzaning g‘ayritabiiy tuzilishi sababi noma’lum.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)