Zimbabve Oliy sudi bolalarni jismoniy jazolashni taqiqladi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Qaror qizi maktabda o‘qituvchi tomonidan kaltaklangan Lunax Pfungvaning shikoyatidan so‘ng qabul qilingan.
Da’vogarning so‘zlariga ko‘ra, o‘qituvchi olti yoshli qizaloqni uy vazifasi bajarilmagani uchun urgan.
“Qizimning ko‘p joylari ko‘kargan edi, belidagi shilingan joylar sabab u bazo‘r uxladi”, — dedi Lunax Pfungva.
Sudya Devid Mangotaning so‘zlariga ko‘ra, bolalarni jismoniy jazolash Zimbabve Konstitutsiyasiga zid.
Uning aytishicha, ota-onalar va o‘qituvchilar bolalar o‘zini yomon tutgan taqdirda ham ularga qo‘l ko‘tarmasligi kerak.
Qaror Zimbabve Konstitutsiyaviy sudi tomonidan tasdiqlanishi bilan, kuchga kiradi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)