Afg‘oniston poytaxti Kobuldagi otishma va portlashlarda o‘nlab kishi jabrlandi. Bu haqda Afg‘oniston Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot kotibi Vohid Machru ma’lum qildi, deb xabar beradi “Interfaks”.
Al Jazeera’ning xabar qilishicha, otishma va portlashlar uchun javobgarlikni “Tolibon” harakati o‘z zimmasiga olgan.
Vohid Machruning so‘zlariga ko‘ra, oltinchi politsiya okrugidagi teraktdan so‘ng Kobul shifoxonasiga 35 nafar yaralangan shaxs yetkazilgan.
Boshqa bir tumandagi portlash oqibatida bir kishi halok bo‘ldi. Ma’lum qilinishicha, qurollangan bir necha jangari oltinchi politsiya okrugi binosiga kirib olgan va otishma keltirib chiqargan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, otishma mahalliy soat bo‘yicha 12:30larda mazkur tumanda ikkita katta portlash sodir bo‘lganidan so‘ng boshlangan. Mahalliy OAV 12-politsiya okrugi javobgarligidagi hududda ham kuchli portlash sodir bo‘lganini xabar qildi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)