Malayziyaning Sepang shahar sudi Indoneziya va Vyetnam fuqarolari bo‘lgan ikki ayolga Kuala-Lumpur aeroportida KXDR yetakchisi Kim Chen Inning akasi Kim Chon Namni o‘ldirishda ayblov e’lon qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Vyetnamlik 29 yoshli Doan Txi Xuong va indoneziyalik 25 yoshli Siti Aysia Malayziya jinoiy kodeksining 302-moddasi bo‘yicha ayblanmoqda.
Mamlakat qonunchiligiga ko‘ra, mazkur modda bo‘yicha mamlakat oliy sudi tomonidan o‘lim jazosi belgilanishi mumkin.
Indoneziyalik mahbus ayolning advokati ushbu ish bo‘yicha sud muhokamasi bir necha oydan so‘ng boshlanishini ma’lum qildi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)