Avstraliya politsiyasi IShID guruhi uchun raketali hujum haqida ogohlantirish tizimini ishlab chiqishda gumon qilib, 42 yoshli erkakni qo‘lga oldi, deb yozadi Meduza.
Tergov versiyasiga ko‘ra, erkak IShID uchun Suriya va Iroqda “aqlli bomba”lar va qanotli bombalarni o‘rnatish uchun qo‘llaniladigan lazerli belgini aniqlaydigan tizimni o‘ylab topgan va ishlab chiqqan.
U, shuningdek, uzoq masofaga uchadigan boshqariluvchi raketalar yaratish uchun zarur tizimni ishlab chiqqan.
Gumonlanuvchi noqonuniy qurolli guruhlarda qatnashish bo‘yicha ayblanmoqda, buning uchun u bir umrgacha qamalishi mumkin.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)