AQSh prezidenti Donald Tramp Iroqni, fuqarolarining AQShga kirishi taqiqlangan mamlakatlar ro‘yxatidan chiqaradi, deb yozadi “Gazeta.ru”. Bu haqda Associated Press Oq uydagi manbasiga tayanib xabar berdi.
Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, Pentagon va Davlat departamenti prezident ma’muriyatiga bosim o‘tkazgan. Muassasalar Iroqning IShID bilan kurashdagi muhim roliga e’tibor qaratdi va shu tufayli Oq uydan ushbu mamlakatga nisbatan pozitsiyani qayta ko‘rib chiqishni so‘radi.
Izoh (0)