AQSh IShIDni tor-mor etish uchun ittifoqdoshlar, jumladan, islom dunyosidagi hamkorlari bilan ishlashga tayyor. Bu haqda prezident Donald Tramp kongressdagi nutqi chog‘ida ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.
Biz ittifoqdoshlarimiz, jumladan, islom dunyosidagi do‘stlarimiz va hamkorlarimiz bilan bu dushmanni Yer yuzidan sidirib tashlash uchun birgalikda ishlaymiz.Eslatib o‘tamiz, Pentagon AQSh prezidenti topshirig‘iga binoan IShIDga qarshi kurash rejasini ishlab chiqdi. Mazkur reja harbiy, diplomatik va moliyaviy choralarni o‘z ichiga oladi.Donald Tramp, AQSh prezidenti
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)