Checheniston rahbari Ramzan Qodirov chechen xalqining 1944-yil 23-fevralda deportatsiya qilinishiga 73 yil to‘lgan kunda o‘z Instagram’ida Sobiq ittifoq generalissimusi Iosif Stalinga qaratilgan keskin tanqid bilan chiqish qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
“Bizning respublikamizni tugatishdi, parcha-parcha qilib tashlashdi va juda ko‘p o‘n yilliklar uchun muammoni yaratishdi. Xalq boshpanasidan, mol-mulkidan, arxivlaridan, bebaho yodgorliklaridan ayrildi… Iosif Stalin yer yuzidan bizning xalqimizni va u haqdagi xotirani yo‘q qilib tashlashni xohlagandi”, — deb yozdi u.
Qodirov, shuningdek, Stalinning qahramonlashtirilishiga va Ikkinchi jahon urushidagi g‘alaba faqat u tufayli deb hisoblanishiga qarshi chiqdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ingushetiya Xalq yig‘ini hududda Iosif Stalin xotirasini abadiylashtirishni taqiqlash to‘g‘risidagi qonun loyihasini birinchi o‘qishdayoq bir ovozdan qabul qilgan edi.
Izoh (0)