“O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi 16-fevraldan mahalliy provayderlar uchun tashqi kanal internet xizmatlari tariflari 1 Mbit/sekund uchun 80,94 dollarga tushirilganini ma’lum qildi. Bu haqda “Infocom.uz” xabar bermoqda.
Shu yilning o‘zida tariflar beshinchi marta arzonlashtirildi. Tariflar 2017-yil 1-yanvardan 1 Mbit/sekund uchun 91,07, 6-yanvardan 87,57, 10-yanvardan 86,85, 2-fevraldan 86,11 va 16-fevraldan 80,94 dollarga tushirildi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili tariflar 12 marta tushirilgan edi. 2016-yil yanvar oyidan dekabr oyigacha 1 Mbit/sekund uchun 156,24 dollardan 91,50 dollargacha arzonlashtirildi.
Izoh (0)