AQShning Priceline Group kompaniyasi Momondo va Cheapflights sayyohlik qidiruv tizimlari egasi bo‘lgan Momondo Group’ni (Buyuk Britaniya) xarid qildi. Bu haqda “VC.ru” xabar bermoqda.
Kelishuv summasi 550 million dollarni tashkil etdi. Uning yakunlari bo‘yicha Momondo Group kompaniyada 2012-yili Kayak qidiruv tizimi sotib olinganidan so‘ng tashkil etilgan yo‘nalishga qo‘shiladi. O‘shanda kompaniya mazkur servis uchun 1,8 milliard dollar to‘lagandi.
Ma’lumot uchun, Priceline Kayak’dan tashqari mehmonxonalarni band qilish servislari bo‘lgan Active Hotels va Booking.com, TravelJigsaw avtomobillar ijarasi loyihasini ham o‘ziga qo‘shib olgan. 2014-yilda esa restoranlarda joylarni band qilish servisi OpenTable’ni 2,6 milliard dollarga xarid qilib, o‘zining eng yirik kelishuvini amalga oshirgandi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)