Microsoft asoschisi Bill Geyts Xitoyning eng yirik ijtimoiy tarmog‘i — WeChat a’zosiga aylandi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Geyts tarmoqda 30 soniyalik qisqa video ham e’lon qilishga ulgurgan bo‘lib, unda WeChat’ning boshqa foydalanuvchilariga salom yo‘llagan.
Milliarder WeChat’dagi o‘z sahifasini “shaxsiy blog” deb atab, unda o‘zi uchrashgan odamlar va ayni vaqtda o‘qiyotgan kitoblari haqida hikoya qilib borishga va’da bergan.
Bill Geytsning WeChat’dagi birinchi e’loni 80 ming marta ko‘rilgan va 6 mingdan ortiq “layk” to‘plagan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)