14—17-fevral kunlari Pekinda Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar milliy koordinatorlari kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston, Xitoy va O‘zbekiston vakillari uchrashuv davomida Davlat rahbarlari kengashining bo‘lajak majlisi va ShHT nizomiy organlarining boshqa tadbirlariga tayyorgarlikning borishini muhokama qildi.
2017-yilga mo‘ljallangan ShHTning Asosiy tadbirlar rejasi tasdiqlandi.
Milliy koordinatorlar tashkilot faoliyati kun tartibining joriy masalalari yuzasidan ham fikr almashdi.
MKK majlisida ShHT bosh kotibi Rashid Alimov ishtirok etdi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)