AQShning Kaliforniya shtati Orovill shahrida mamlakatdagi eng baland to‘g‘on vayron bo‘lgani va u yerda avariya yuz berishi xavfi mavjudligi tufayli shoshilinch evakuatsiya e’lon qilindi. Suv bir soat ichida otilib chiqishi mumkin, deb yozadi “RIA Novosti” Batte okrugi sherifi ofisining Facebook’dagi sahifasiga tayanib. Evakuatsiya hududiga kamida 90 ming kishilik aholi punktlari kirdi.
Sherif aniqlik kiritishicha, avariya holatidagi oqova ariqning eroziyaga uchrashi Orovill ko‘lidan suvning nazorat qilib bo‘lmaydigan tarzda chiqib ketishiga olib kelishi mumkin. Ko‘ldagi suv miqdori 4,3 milliard kubometrdan ortiqroqqa baholanmoqda.
Associated Press ma’lumotlariga ko‘ra, Orovill shahrida 16 ming kishi yashaydi, ular Orovilldan shimolda joylashgan Chiko va boshqa shaharlarga yo‘l olishi kerak.
Izoh (0)